Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Mbappe - «Real» munosabatlarida zalvorli uch «qirra»

Mbappe - «Real» munosabatlarida zalvorli uch «qirra»

Baho:
+ | -

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, «Real» Kilian Mbappe transferidan batamom voz kechgan ko‘rinadi.

Zero, matbuot xabarlarida aytilishicha, madridliklarda fransiyalik goleadordan yuz o‘girish uchun 3ta zalvorli sabab bor va ular ma’lum. Boz ustiga, «Madrid»ning Mbappega daxldor yomon xotiralari qisqa ham emas.

Cadena SER xabariga qaraganda, Kilian Mbappe kelasi yoz «PSJ»dan ketishga qaror qilgan taqdirda ham, «Real Madrid» rahbariyati uni sotib olishga urinmaydi. Ta’kidlanishicha, madridliklar mavjud holatni obdon tahlil qilib, fransiyalik hujumchi transferidan voz kechishni taqozo etadigan 3ta zalvorli sabab topishgan.

Birinchi sabab - Mbappening maoshi. Kilian yangi klubidan yiliga kamida 20 million yevro miqdorida maosh va katta bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma talab qiladi kutilishicha. «Real» rahbariyati esa allaqachon ichki maosh limitini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, futbolchining yillik ish haqi 10 million yevrodan oshmasligi kerak. Misol uchun, ayni payt fenomenal o‘yin ko‘rsatayotgan Jud Bellingem yiliga 9 million yevro oladi.

Ikkinchi sabab - klub siyosati. «Real Madrid»da klub falsafasi va madaniyatini tushunadigan futbolchilarni yoshligidayoq taklif etish siyosati bor. Maqsad - boshidan yosh iqtidorlarda «Qirollik klubi»ga nisbatan kuchli muhabbat uyg‘otish. Kilian Mbappe esa kelasi yili 26 yoshga to‘ladi va shu kriteriya bo‘yicha klub siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Uchinchi sabab - yomon xotiralar. «Real» 2022 yilning yozida kuzatilgan voqealarni hali unutmagan, albatta. O‘shanda Kilian Mbappe erkin agent maqomida Ispaniya grandi safidan joy olishga rozilik bergan va klub uning tanishtiruv marosimiga ham tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Biroq fransiyalik futbolchi so‘nggi lahzalarda fikrini birdan o‘zgartirib, «PSJ» bilan yangi yirik shartnoma tuzdi. Madridliklar bu xatti-harakatni «Qirollik klubi»ga nisbatan xiyonat va hurmatsizlik sifatida qabul qilishgani ham rost.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:29, 20.11.2023.
O'qildi: 3118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.