«PSJ»ning slovakiyalik futbolchisi Milan Shkrinyar parijliklar safida o‘ynashdan xursand ekanligini tan oldi.
«Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Nihoyat, o‘zim xohlagan joyga keldim. Buning uchun juda ko‘p mehnat qildim», - dedi 28 yoshli himoyachi Parij klubi matbuot xizmatiga.