Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti
17/10 19:00 Brentford 1-2 Liverpul
17/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Ipsvich
17/10 19:15 Vilyarreal 0-0 Elche
17/10 21:00 Bolonya 1-3 Inter
17/10 21:30 Betis 2-5 Barselona
17/10 21:30 Nyukasl 0-1 Aston Villa
17/10 23:45 Roma 2-0 Jenoa
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao

Saudiya klubi «Manchester Siti» yetakchisini qo‘lga kiritmoqchi

Saudiya klubi «Manchester Siti» yetakchisini qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuynega Saudiya Arabistoni klubi shartnoma taklif qilmoqchi.

Saudiyaning "Aawsat" nashri xabar tarqatishicha, «Al-Qodisiya» klubi belgiyalik futbolchini o‘z safiga olib kelishni ko‘zlamoqda. Ayni paytda ushbu jamoani ispaniyalik murabbiy Michel Gonsales boshqarmoqda va klub safida Alvaro Fernandes, Xoel Robles, Lusiano Vyetto va Karrilyo kabi legionerlar bor.

«Qodisiya» De Bryuynening transferini kelasi yilning yozida amalga oshirmoqchi. Ammo boshqa muammo bor: jamoa ayni paytda Saudiya Arabistonining ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda. Jamoa jiddiy transferlarni amalga oshirishi uchun dastlab yuqori divizionga chiqishi kerak. Ayni paytda «Al-Qodisiya» 3-pog‘onada bormoqda.

Saudiyaning "Aramco" neft kompaniyasi yaqinda «Al-Qodisiya» klubini sotib olgandi. Ushbu homiy tashkilot jamoaga katta investisiya kiritishni rejalashtirgan.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 18:45, 25.11.2023.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик