Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann "Atletiko" tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Grizmann "Atletiko" tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida o‘z maydonida “Malyorka”ni qabul qildi – 1:0. Yagona golni 63-daqiqada Mario Ermozoning uzatmasini boshi bilan hujumchi Antuan Grizmann kiritdi.

Bu gol Antuanning "matraschilar" tarkibidagi 170-goli bo‘ldi, buning evaziga u Adrian Eskuderoni (1945 - 1958) ortda qoldirib, klub to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Birinchi o‘rinda Ispaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Luis Aragones (1964 - 1974) - 173 gol.

Grizmann ayni damda La Liganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi. U 13 o‘yinda 9 ta gol urgan, bu "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemdan ikkita kam.

La Liganing 13-turidan so‘ng “Atletiko” 31 ochkoga ega va chempionatda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 10:19, 27.11.2023.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик