SER nashri jurnalisti Sike Rodriges Xavi Ernandesning "Barselona" bosh murabbiyi sifatidagi muammolari sababini aytdi. Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" yaqinda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketishdi.
"Aftidan, Xavi "Barselona"da o‘zini yolg‘iz his qila boshlagan. Ilgari u Yordi Kroyff bilan o‘zaro ishonchni mustahkamlagan edi. Mateu Alemani ham Xavini tushunardi. Bu odamlarning ikkalasi ham ketishdi. Xavining Deku bilan munosabati hurmatga sazovor, ammo ular orasida masofa bor", — deb yozdi Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda.