Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-1 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

OCHL. «Nasaf» irodali g‘alabaga erishdi va guruhda 1-o‘ringa ko‘tarildi

OCHL. «Nasaf» irodali g‘alabaga erishdi va guruhda 1-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

«Nasaf» Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida 5-tur bahsini o‘z maydonida Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Qarshiliklar birinchi bo‘limda raqib mudofaasini yorib o‘tishga qiynalishdi. Boz ustiga, birinchi taymga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Siddiqov maydon markazida to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi. Natijada iordaniyalik futbolchi darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, hisobni ochdi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ikkinchi bo‘limga katta ishtiyoq bilan chiqib kelishdi. Ular ilk 5 daqiqa oldinga o‘tib olishgan bo‘lsa, 15 daqiqa ichida o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishdi. Dastlab qanotdan yetkazilgan to‘pni Mateus Lima bosh bilan darvozani burib yuborgan bo‘lsa, 50-daqiqada Zafarmurod Abdurahmatov 18 metrlardan kuchli zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.

60-daqiqada "Nasaf" shundoqqina jarima maydoni ostonasida jarima zarbasini ishladi. Marko Stanoyevich esa o‘sha pallada zaxiradan maydonga tushdiyu, ilk zarba bilan to‘pni jonli devor ustidan oshirib, darvoza burchagiga joylab qo‘ydi — 3:1.

Shundan so‘ng qarshiliklar biroz xotirjamlikka berilishdi. Natijada 84-daqiqada "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgilandi. Obida as-Samrih tomonidan yo‘llangan zarbani esa Abduvohid Ne’matov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

"Faysaliy" shundan keyin ham vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi, ammo mezbonlar g‘alaba ushlab qolishga erishishdi.

"Nasaf" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 10 taga yetkazib, "B" guruhi peshqadamiga aylandi. Boisi, 4-turdan keyin 8 ochko bilan yetakchi bo‘lib turgan "Sharja" o‘z uyida Qatarning "As-Sadd" klubiga imkoniyatni boy berdi.

OCHL, «B» guruhi, 5-tur
"NASAF" - "AL-FAYSALIY" - 3:1 (0:1)
Gollar: Mateus Lima (47), Zafar Abdurahmatov (50), Marko Stanoyevich (60) — Roziq Bani Hani, 45+6 (0:1)
Noaniq penalti: Obida as-Samrih (84, "Al-Faysaliy") — darvozabon qaytardi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:00, 27.11.2023.
O'qildi: 5650 marta.
Fikrlar: 98 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.