"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur "Aston Villa"ga qarshi APLning so‘nggi uchrashuvida jarohat olgani uchun almashtirildi. Jurnalist Jozef Braunning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, urugvaylik futbolchining to‘pig‘i biroz ko‘kargan. U faqat bir necha kun dam oladi - jiddiy shikastlanish haqida gap yo‘q. Bentankur “Manchester Siti”ga qarshi keyingi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.
Angliya Premyer-ligasi doirasidagi “Manchester Siti” – “Tottenxem” uchrashuvi 3 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
"Tottenxem" hozirda Premyer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.