Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

OCHL. Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" o‘z maydonida "Al-Hilol" qarshisida ojiz qoldi

OCHL. Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" o‘z maydonida "Al-Hilol" qarshisida ojiz qoldi

Baho:
+ | -

OCHLning 5-turi doirasidagi "Navbahor" - "Al Hilol" o‘rtasidagi bellashuv yakuniga yetdi.

Birinchi davrada Saudiyada ochko olib kelgan namanganliklardan muxlislarning umidi katta edi. Ammo, Neymarsiz Namanganga tashrif buyurgan "Al-Hilol" Malkom va Salim al-Davsarining gollari evaziga "Navbahor"ni mag‘lub etishga qiynalmadi.

Bellashuvning 68-daqiqada belgilangan penaltini O‘tkir Yusupov qaytardi, lekin qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Malkom uni qiyinchiliksiz namanganliklar darvozasiga yo‘lladi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida esa Salim al-Davsari O‘tkir Yusupovning o‘z joyini tashlab chiqib ketganini ko‘rdi va uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, namanganda minglab muxlislar ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Samvel Babayan shogirdlari mag‘lubiyatga uchradi.

"Navbahor" - "Al Hilol" 0:2

28.11.2023 yil, soat 21:00

Namangan, "Navbahor" stadoini.

Gollar: Malkom 68', Salim al-Davsari 85'

"Navbahor": 1. O‘tkir Yusupov, 8. Ibrohim Yo‘ldoshev, 13. Filip Ivanovich, 5. Milosh Milovich, 22. Igor Golban, 10. Jamshid Iskanderov, 77. Asadbek Sobirjonov (7. Oston O‘runov 46'), 23. Yovan Jokich, 17. Abror Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov 70'), 14. Jamshid Boltaboyev, 91. Toma Tabatadze (21. Temurxo‘ja Abduxoliqov 82').

"Al Hilol": 37. Yassin Bunu, 2. Muhammad al-Burayk, 3. Kalidu Kulibali, 5. Ali al-Bulayhi, 66. Saud Abdulrahmon, 28. Muhammad Kanno, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 29. Salim al-Davsari, 56. Muhammad al-Qahtoni (77. Malkom 68'), 14. al-Hamdan, 11. Saud al-SHehri (9. Aleksandar Mitrovich 68').

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich 10', Ibrohim Yo‘ldoshev 30', Muhammad al-Qahtoni 58', Filip Ivanovich 66', Muhammad al-Burayk 80', Saud Abdulrahmon 84.

Chetlatish: Ibrohim Yo‘ldoshev ("Navbahor").

Kiritildi: 23:02, 28.11.2023.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик