"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Borussiya"ga qarshi o‘yin (1:3) yakunlarini sarhisob qildi.
“Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, raqib o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. Bu, albatta, umidsizlik oqshomidir. Biz qo‘ldan boy bergan ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Endi bizda pley-offga chiqish imkoniyati kam, ammo bizning vazifamiz – “Nyukasl”ga borib, g‘alaba qozonishga harakat qilish”, – deb Pioli so‘zlarini keltirgan "Mediaset".