"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne rossiyalik sobiq tennischi Mariya Sharapova bilan uchrashdi. Ular birgalikda suratga tushishdi.
Ular BAAda bo‘lib o‘tayotgan "Formula-1" mavsumining yakuniy Gran-prisida uchrashishdi.
Belgiyalik futbolchi avgust oyida olgan jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda.
36 yoshli rossiyalik tennischi ayol o‘z faoliyatini 2020 yilda yakunlagan. U dunyoning 1-raqamli raketkachisi edi.