Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

O‘zPFL Turkiya klublar birligi bilan hamkorlik aloqalarini boshladi

O‘zPFL Turkiya klublar birligi bilan hamkorlik aloqalarini boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

12-13 oktyabr kunlari Liga vakillari Jahon futbol ligalari assosiasiyasining yillik forumida ishtirok etgandi. O‘tgan yil Dubaydagi va bu yil Varshavadagi forum davomida O‘zbekiston hamda Turkiya futboli tashkilotlari o‘rtasida iliq munosabatlar yo‘lga qo‘yildi.

Varshavadagi uchrashuv davomida Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev hamda Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chag‘ri Ilk O‘zbekiston Superligasi klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun Istanbulda o‘quv-seminar tashkil etish masalasida fikr almashgandi. 28 noyabr kuni mazkur masalada yakuniy kelishuvga erishildi.

Shu yilning 7-11 dekabr kunlari Superliganing 7 ta hamda Pro liganing 4 ta klubidan bo‘lgan jami 20 nafar mutaxassis Istanbulga tashrif buyuradi. Uning doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun 3 ta asosiy mavzuda: «Futbolchilar seleksiyasi hamda futbol agentlari bilan ishlash», «Futbol uchrashuvlarini tashkil etish va muxlislar bilan ishlash», «Marketing va chiptalar savdosi» bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Bunda futbol klublarining 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi va aniq rejalar ishlab chiqishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Seminarlar davomida Fenerbahche klubining rahbarlik organlarida faoliyat olib borayotgan O‘kan O‘zkan, Tezjan Shayli, Egemen Ergyuden, Galatasaray vakillari Murat Ersoy, Jenk Ergun, Nachi Jansun, shuningdek, Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chag‘ri Ilk o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etadi. O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘z klubi faoliyati bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Fenerbahche hamda Galatasaray klublari tuzilmasi bilan to‘liq tanishtiriladi, ularga mazkur klublar infratuzilmasi, ish faoliyati to‘liq ko‘rsatiladi.

Seminar ishtirokchilari Turkiya futbol assosiasiyasiga qarashli sport markazi bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham bugungi kunda o‘z futbol markazini tashkil etish va uni ishga tushirish ishlarini olib bormoqda. Mazkur qadam mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida nechog‘li muhim ekanligini O‘FA mutaxassislari Marokash hamda Vengriya misolida o‘rganib qaytishgandi. Bu borada Turkiyada yaratilgan sharoit ham o‘zbekistonlik mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lishiga shubha yo‘q.

Kiritildi: 17:06, 02.12.2023.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.