Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya 1-4 Fransiya
26/06 23:59 Senegal 5-0 Iroq
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama - Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya - Gana
28/06 04:30 Kongo DR - O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya - Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

Robben: «Bavariya» hozir kuchliroq, lekin...»

Robben: «Bavariya» hozir kuchliroq, lekin...»

Baho:
+ | -3

«Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben Chempionlar Ligasi doirasida myunxenliklar va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahsdan kutayotgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Robben faoliyati davomida har ikki jamoada to‘p surganini, shu sababli o‘yin qanday o‘tishini ko‘pchilikdan ko‘ra yaxshiroq baholay olishini qayd etdi. Faxriy futbolchi hozirgi vaqtda «Bavariya» «Real»dan ustun ekanligini ta’kidladi, biroq bu yarim finalga chiqish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkinligiga urg‘u berdi.

«Bu hali ham o‘sha — «Real Madrid». Murabbiy ham xuddi shu gapni aytishi kerak: ularga qarshi 90 yoki 95 daqiqa davomida hushyor va diqqatli bo‘lishingiz shart. Hatto siz: «Biz 2:0 hisobida g‘alaba qozonyapmiz, hammasi joyida», deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz ham, ular hech qayerdan gol topib kelishlari mumkin. Futbolda o‘yin hech qachon [vaqtidan oldin] tugamaydi. Madrid bunga eng yaxshi misoldir», — dedi Robben Yahoo Canada Sports nashriga.

Dastlabki uchrashuvda «Bavariya» safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob o‘yini chorshanba kuni, 15 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:32, 14.04.2026.
O'qildi: 2874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик