Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Yozda «Real»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi

Yozda «Real»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Yozda Madridning «Real» klubi bosh murabbiyni o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. «Qaymoqranglilar» rulida Alvaro Arbeloaning o‘rnini Andoni Iraola egallashi mumkin.

Seshanba kuni Iraola mavsum yakunlanganidan keyin «Bornmut»ni tark etishi rasman e’lon qilindi. Uning boshqaruvidagi jamoa ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda va ayni damda kuchli ligalar ichida mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Shu sababli, Iraola yozda yuqoriroq darajadagi klubga o‘tishi kutilmoqda.

Transfermarkt nashri Iraola faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan quyidagi jamoalar joy olgan: «Real Madrid», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Atletik Bilbao».

Hozirda «Bornmut» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, Iraolaning ish uslubi grand klublar e’tiborini tortgan. «Real» rahbariyati Arbeloa o‘rniga aynan mana shunday progressiv murabbiyni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 20:42, 14.04.2026.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик