«Atletiko» va «Barselona» bugun, 2026 yil 14 aprel kuni Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi javob o‘yinini o‘tkazishadi. Ushbu raqiblar o‘rtasidagi ilk bahs «Atletiko»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Tahlilchilar «Atletiko»ning g‘alabasini 24,8%, «Barselona»ning g‘alabasini 53,7%, asosiy vaqtdagi durangni esa 21,5% ehtimollik bilan prognoz qilishmoqda.
Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqish imkoniyati bo‘yicha «Atletiko»da 72,3%, «Barselona»da esa 27,7% ehtimollik mavjud deb hisoblanmoqda.













