Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Spalletti: "Ispaniyaga qarshi o‘yinda biz o‘z darvozamizni o‘n kishi bilan ham himoya qilishga majbur bo‘ladigan paytlar bo‘ladi"

Spalletti: "Ispaniyaga qarshi o‘yinda biz o‘z darvozamizni o‘n kishi bilan ham himoya qilishga majbur bo‘ladigan paytlar bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Yevro-2024 qur’a natijalarini sarhisob qildi. “Skuadra Adzurra” Ispaniya, Xorvatiya va Albaniya bilan bir guruhdan joy oldi.

"Qur’a yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, lekin o‘shanda biz 4-savatchada bo‘lmagan bo‘lardik. Biroq, biz Italiya ekanligimizni hech qachon unutmasligimiz kerak. Hozir bashorat qilish qiyin. Oldinda hali ko‘p oylar bor. Albaniya, albatta, yaxshi tashkil etilgan jamoa ekanligini isbotladi. Ko‘p narsa bizning formamizga va turnirga qanday tayyorgarlik ko‘rishimizga va jamoa bo‘lib ishlashimizga bog‘liq bo‘lishini tushunamiz. Xorvatiya kuchli va tajribali jamoa. Ularning ba’zi o‘yinchilari rivojlanmoqda, ba’zilari esa allaqachon eng yuqori darajada. Ispaniyaga kelsak, futbolni yaxshi ko‘radigan har bir kishi bunday sinovdan zavqlanishi kerak. Ular bilan o‘yinda biz o‘z darvozamizni o‘n kishi bilan ham himoya qilishga majbur bo‘ladigan paytlar bo‘ladi, lekin biz har doim hujumkor, jozibali futbol o‘ynashga intilamiz", - dedi Spalletti RAI Sport bilan suhbatda.

Kiritildi: 13:13, 03.12.2023.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик