Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Turkiya klubi rahbariyati Klyuyvertni iste’foga chiqarmoqchi

Turkiya klubi rahbariyati Klyuyvertni iste’foga chiqarmoqchi

Baho:
+ | -

"Ayaks", "Milan" va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert Turkiyaning "Adana Demirspor" klubidagi faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi.

Klyuyvert o‘tgan yozda klubni qabul qilib olgan edi, ammo endi rahbariyatining mavsum uchun jiddiy rejalari bor bo‘lgan "Adana" ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi va rahbariyatning sabri tugadi, deb yozmoqda SporX nashri.

Oxirgi g‘alaba oktyabr oxirida qo‘lga kiritildi. Keyingi turda klub "Galatasaroy"ga qarshi o‘ynashi kerak - Istanbul klubining kuchliligini hisobga olsak, bu o‘yinda qoniqarsiz natija qayd etilishi mumkin. "Adana Demirspor" ayni damda Turkiya Superligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 21:11, 04.12.2023.
O'qildi: 1073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик