Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Varan "MYU"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Varan "MYU"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan yanvar oyidayoq sotib yuborilishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi sentyabr oyining oxiridan beri klubda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan, so‘nggi uch o‘yinda, jumladan, Chempionlar Ligasining “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinida Erik ten Xag hatto markaziy himoyachini qaydnomaga ham kiritmadi. SportsZone xabariga ko‘ra, Varan tezda klubini o‘zgartirishga tayyor - u yanvarda ketish borasida qaror qabul qildi. "Manchester Yunayted" ham bir necha hafta oldin xabar qilinganidek, 30 yoshli futbolchini sotishga qarshi emas.

Rafael Varan joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. Transfer ekspertlari fransiyalik futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda. Unga "Bavariya" qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 07:26, 05.12.2023.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик