Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

Chiro Immobile: «Tanqidga maydonda javob berish kerak»

Chiro Immobile: «Tanqidga maydonda javob berish kerak»

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta YECHL o‘yinlarida ko‘plab futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi va guruh bosqichi 5-turi laureati bo‘lishga da’vogarlik qilishdi.

Mutasaddilar esa italiyalik «qariya» - Chiro Immobile karomatini yuksakroq baholashdi. Binobarin, «Lasio» - «Seltik» o‘yinining 61-daqiqasida maydonga tushgan tinim-tinchimas hujumchi yakunda (atigi 3 daqiqa oralig‘ida) 2ta gol urib, Rim jamoasini muddatidan oldin «pley-off»ga olib chiqdi. Chiro shu ajoyib oqshomdan keyin jurnalistlarning bir qator savollariga javob berishga ham vaqt ajratdi.

- Chiro, bugun o‘yinga juda zo‘r kirishdingiz...

- Ha, bunday vaziyatda jamoaning g‘alaba qozonishi qiyin edi. Umuman, hozirgi futbolda teng kuchli raqiblar joy olgan guruhda har bir g‘alabaning qadri baland. Muhimi, missiyani chiroyli o‘yin orqali bajardik. Muxlislarimizga ham rahmat - ular o‘yinning boshidan oxirigacha bizni olg‘a boshlashdan tinmadilar. Oddiy ifoda etganda, «Lasio» fanatlari g‘alaba uchun xuddi biz kabi bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Har holda, men urgan gollarda ularning ulushlari katta. Zero, aynan stadionda yuzaga kelgan to‘lqindan o‘zgacha ilhomlandim.

- Bu g‘alaba shaxsan sizga nima berdi?

- Avvalo, ichki imkoniyatimiz chakki emasligi, nafaqat CHL, balki boshqa turnirlarda ham shunday faol o‘ynashimiz shartligini tushundik. Tabiiyki, xalqaro o‘yin muhiti yigitlarga o‘zgacha ehtiros beradi, ammo «A» seriyada ham ayrim muammolardan tezroq qutilish kerak, ayniqsa, o‘yin dinamikasiga bog‘liq kamchiliklardan. Menimcha, «Lasio» yanada yig‘inchoq va uyg‘un holda o‘ynash salohiyatiga ega.

- Sizningcha, Rotterdamdagi o‘yinda nima bo‘ladi (intervyu «Feyenoord» - «Atletiko» bahsidan oldin olingan)?

- Albatta, bugunoq «pley-off» masalasi hal bo‘lishini afzal ko‘raman. Umuman, CHL og‘ir turnir va har qanday holatda ham oxirigacha kurashish talab etiladi.

- Bu faoliyatingizdagi eng go‘zal oqshommi?

- Ehtimol... Hammasi ko‘p jihatdan stadion muhitiga ham bog‘liq. To‘g‘ri, xotiramga muhrlangan bunday sehrli oqshomlar juda ko‘p.

- O‘yin qahramoniga aylanishni oldindan o‘ylaganmidingiz?

- Hammasi orzudan boshlanadi - futbolchi nimagadir intilmasa, qandaydir karomat ko‘rsatolmaydi. Ochig‘i, asosiy tarkibdan joy olmasligimni bilgandim, chunki jamoaviy harakat nuqtai nazaridan qiyin davrni boshdan o‘tkaz­yapmiz. Bunday holatda shaxsiy muammolarni birinchi o‘ringa qo‘yish aslo yordam bermaydi. Lekin zaxiradan tushib jamoaga naf keltirishni o‘ylagandim, albatta.

- «A» seriya va CHL o‘rtasidagi asosiy farqni ayta olasizmi?

- Menimcha, CHLda o‘ynash borasidagi kuchli ishtiyoq - eng yaxshi tomonimizni ko‘rsatish uchun imkoniyat. Hammasi ongsiz ravishda amalga oshadigan holatdir. Endi «A» seriyada ham kuchli ishtiyoq bilan o‘ynab, futboldan zavq­lanishimiz kerak. Hozir natijalar bilan bog‘liq kayfiyatsizlik bor, lekin o‘tgan yilgi o‘yinlarni yodda tutib, o‘zimizni o‘nglab olsak bo‘ladi. 

- Guruhda bugungidek murakkab o‘yinlarni kutganmidingiz?

- Ancha muvozanatlashgan va murakkab guruhga tushganimizdan kelib chiqsak, ochkolar osongina berilmasligi tayin edi. Har bir raqib CHLning doimiy ishtirokchisi sanaladi, biz esa oxirgi yillarda ikkinchi marta guruh bosqichiga chiqdik. Asosiysi, yaxshi start oldik va aynan ilk ochkolar qo‘shimcha motivasiya bag‘ishladi.

- Bugungi gollaringiz bilan oxirgi paytlar yangragan tanqidlarga javob bergandeksiz...

- O‘zi menga jarima maydoni ichida samarali harakatlanish yetishmayotgandi. Bugungi gollar katta ishonch bag‘ishlashi turgan gap. Umuman, adolatli va konstruktiv tanqidga hamisha maydonda javob berishga odatlanganman. Ha, bu yilgi tanqidlar biroz bosh­qacha bo‘lib, meni g‘azablantirdi, yaraladi. Aynan shu narsa xalaqit berayotgandi. o‘ylaymanki, endi hammasi o‘z iziga tushadi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:18, 08.12.2023.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz