O‘tgan mavsum "Atletiko" uchun yaxshi yil bo‘lmadi. “Matraschilar” milliy chempionatda stabil o‘yin ko‘rsatishmadi, Chempionlar ligasida esa hammasi bundan ham battar edi. Jamoa jiddiy tanazzulga yuz tutdi, bu esa bosh murabbiy Diyego Simeonening kelajagini shubha ostiga qo‘ydi.
"Atletiko" ustozi raqiblar "matraschilar"ga qarshi o‘ynashni o‘rganganini tan oldi. Yo ketish yoki biror narsani o‘zgartirish kerak edi. Mutaxassis ikkinchi variantni tanladi va jamoaning o‘yin uslubini tubdan o‘zgartirdi. Himoyadan hujumga o‘tdi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Atletiko" yaxshi ma’noda boshqacha bo‘ldi.
“Matraschilar” dadilroq, yorqinroq o‘ynay boshladi va eng muhimi natijaga erisha boshladi. Yangilangan jamoaning asosiy qahramonlaridan biri Antuan Grizmann bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi Madridga qaytdi va Simeonega yana yordam bermoqda.
Grizmann qiyin davrni o‘tkazdi. Hammasi uning 2019 yilning yozida "Barselona"ga o‘tish qaroridan boshlandi. Transfer summasi 120 million yevroni tashkil qildi. Antuan hamma narsadan bosim ostida edi: uning "Atletiko"ga sodiqligini e’lon qilganidan keyin transfer qilinganligi, yuqori narx va yangi klubga qiyin moslashish.
Kataloniyaliklar fransiyalik futbolchini unchalik yaxshi qabul qilmagani haqida muntazam ma’lumotlar paydo bo‘ldi. "Kamp Nou"dagi birinchi mavsum haqiqatan ham kuchsiz bo‘lib chiqdi: hujumchi La Liganing 35 o‘yinida atigi 9 ta gol urdi.
Keyingi mavsum Grizmann uchun biroz yaxshiroq o‘tdi. Bu safar u Ispaniya chempionatining 36ta uchrashuvida 13ta gol urdi. Antuan shartnomada ko‘rsatilganidek, 2021/22 yilgi mavsumni "Barselona" bilan boshladi, biroq ayni paytda "Atletiko"ga ijaraga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi Madridga qaytishga qaror qildi. U yerda ham dastlab oson bo‘lmadi. Muxlislar sotqin deb topilgan futbolchini qabul qilishmadi. Futbolchining o‘zi ham maydondagi aybini yuvish istagida edi. Bu unchalik yaxshi chiqmadi. Butun mavsum davomida forvard La Ligada atigi 3 ta gol urdi.
O‘tgan mavsum butun "Atletiko" jamoasi uchun bo‘lgani kabi Grizmann uchun ham og‘ir boshlandi. U Chempionlar ligasida bor yo‘g‘i 1 ta gol urdi, La Ligada gol ura olmagan davrlar ham bo‘ldi. Ammo Antuan ham murabbiyi kabi o‘zgarishga qat’iy qaror qildi. Futbolchi o‘tgan mavsumni Ispaniya chempionatining 38 uchrashuvida 15 gol va 16 golli uzatma bilan yakunlagan. Avvaliga Simeone Grizmanni “Barselona”dan eng arzon narxda sotib olish uchun uning o‘yin vaqtini cheklagan.
Joriy mavsumda Antuan yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqda. Uning hisobida 14 ta o‘yinda 9 ta gol bor. Bu fransiyalik futbolchining 2013/14 yilgi mavsumdan keyingi eng yaxshi starti bo‘ldi.
2023 yilda u 227 ta hujumda qatnashgan, natijada gol urilgan va 39 ta golli hujumda ishtirok etgan. Bular ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlar. U madridliklar orasida eng yaxshi zarbaga (30,2%) ega. O‘tgan mavsumda Antuan Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purarlari beshligidan joy oldi. U hozirda bu reytingda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Grizmann nafaqat hujumning so‘nggi bosqichida o‘z jamoasiga ajoyib salohiyat olib keladi. Uortga qaytishdan qo‘rqmaydi va jamoadoshlariga to‘pni olib qo‘yishda va vaziyatni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Joriy mavsumda Antuan 71ta uzatmani amalga oshirdi va bu jamoaning raqib darvozasi tomon harakatlanishini ta’minladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u o‘z klubida eng zo‘r hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u 81 ta ehtimoliy golli vaziyatlar yaratdi.
"Atletiko" joriy mavsumda 30 ta gol urdi. Faqat “Real Madrid” (33) va “Jirona”da (34) ko‘proq. "Matraschilar"ning shunday hujum mashinasiga aylanib qolganiga ko‘p jihatdan Grizmann sababchi. Fransuz juda ko‘p ishlaydi va maydonning turli sohalarida teng darajada yaxshi ko‘rinadi. Tarkibda Antuan bor ekan, Madridning hujumi yanada qiziqarli va xavfli ko‘rinadi. Joriy mavsumda u raqib jarima maydonchasiga 63 ta pas berdi. Texnik jihatdan Grizmann hujumchi sanaladi, lekin bu jamoada u ko‘proq pleymeyker rolini yaxshi bajara oladi.
"Matraschilar" Antuanning "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda faqat 21-o‘rinni egallaganidan hayratda qolishdi. Madridliklar ularning vakili ancha yuqoriroqda joylashgan bo‘lishi kerakligiga ishonch bildirmoqda. Va agar u samarali o‘yin ko‘rsatishda davom etsa va Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib chiqsa, “oltin to‘p” uchun raqobat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.