Kirish Ro'yxatdan o'tish

A seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

A seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 15-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Milan” 9 dekabr, shanba kuni “Atalanta” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Ademola Lukman hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida Olivye Jiru hisobni tenglashtirdi.

55-daqiqada Lukman dublni rasmiylashtirdi. 80-daqiqada Luka Yovich muvozanatni tikladi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Luis Muriel “Atalanta”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Milanliklar ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng 29 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Bergamoliklar esa 23 ochko bilan 23-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

Italiya A seriyasi, 15-tur
9 dekabr, shanba
“Atalanta” – “Milan” 3:2
Gollar: 1:0 – 38 Lukman, 1:1 – 45 Jiru, 2:1 – 55 Lukman, 2:2 – 80 Yovich, 3:2 — 90+5 Muriel.
“Atalanta”: Musso, Zappakosta, Jimshiti, Skalvini, de Ron, Rudjeri, Pashalich (Adopo, 87), Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Muriel, 82), Lukman (Miranchuk, 82).
“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Ernandes, Florensi, Adli, Loftus-CHik (Yovich, 72), Reynders, Musa, Pulishich, Chukvueze (Bennaser, 59), Jiru.
Ogohlantirishlar: Reynders (71), Ederson (72), Kalabriya (81), Yovich (88).
Chetlatish: Kalabriya (90+3).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:48, 10.12.2023.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.