Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Neymarning talabi «Santos» prezidentini quvontirib yubordi

Neymarning talabi «Santos» prezidentini quvontirib yubordi

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Santos» klubi prezidenti Marselo Teysheyra «Al-Hilol» hujumchisi Neymarning jamoaga qaytishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«10 dekabr menga Neymarning nomidan qo‘ng‘iroq qilishdi: «Janob prezident, siz jamoa yuqori divizionga qaytmaguncha 10-raqamdan foydalanmaslikni aytdingiz. Neymar klubga qaytmaguncha 11-raqamli futbolkani ham hech kimga bermang», — deyishdi.

Men bundan xursand bo‘ldim va qalbim ishonchga to‘ldi. Biz Neymarning qaytishini kutamiz. Bu meni quvontirib yubordi. Yuqori divizionga qaytishimiz va Neymarning jamoaga qaytishi tezroq ro‘y bersin. Biz vaqtinchalik 10 va 11-raqamlardan foydalanmay turamiz. 10-raqamni avval Pele ko‘tarib yuborgan. Yuqori divizionga qaytganimizda yangi yulduz paydo bo‘ladi. 11-raqam esa yulduzimizning qaytishini kutadi», — dedi Teysheyra.

Eslatib o‘tamiz, «Santos» joriy mavsumda o‘z tarixida ilk marta Braziliya chempionatining ikkinchi divizioniga tushib ketdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:13, 11.12.2023.
O'qildi: 4619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик