Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ouen "MYU"ga noilojlikdan o‘tganini tan oldi

Ouen "MYU"ga noilojlikdan o‘tganini tan oldi

Baho:
+ | -

Maykl Ouen nima uchun 2009 yilda "Manchester Yunayted"ga o‘tishga qaror qilganini aytdi.

"Ba’zi ahmoqlar meni "Manchester Yunayted"da o‘ynaganim uchun hamon tanqid qilishadi, lekin bu juda kamdan-kam hollarda bo‘ladi. Bu "Tvitter"dagi g‘alati odamlar yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘lishi mumkin.

O‘ylaymanki, har qanday aqli raso odam yoki kimga men bu qarorni ikki daqiqadan ko‘proq tushuntirgan bo‘lsam, o‘z fikriga keladi. Men "Nyukasl"dan "Liverpul"ga piyoda qaytgan bo‘lardim!

Men Stiven Jerrard va Jeymi Karrager bilan gaplashdim va ulardan Rafa Benitesga erkin ekanligimni aytishlarini so‘radim! "Liverpul"dan ketganimdan keyin bu haqda ko‘p marta gapirganman. Bu hikoya bilan tanish bo‘lgan odamlar hamma narsa qanday rivojlanganligini tushunishadi. Faoliyatim davomida “Liverpul”ga qaytishni juda orzu qilganimni ular bilishardi, chunki bu mening jamoam edi. Biroq murabbiyga men kerak emasdim, chunki jamoaga Fernando Torres kelgan, keyin esa u ketganidan keyin Luis Suares kelgan.

Futbol o‘ynash mening ishim edi va men o‘z o‘yinimdan ustun turishim kerak edi. "Nyukasl"dan ketganimdan so‘ng mavjud bo‘lgan barcha jamoalar ichida "Manchester Yunayted" eng yaxshi variant bo‘ldi", - dedi Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi BoyleSports nashriga intervyusida.

Kiritildi: 04:57, 12.12.2023.
O'qildi: 1790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.