Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ten Xag o‘tgan mavsumdagi 0:7ni esladi

Ten Xag o‘tgan mavsumdagi 0:7ni esladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 17 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Liverpul" bilan APLning 17-tur uchrashuvidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va jamoalarning oldingi uchrashuvini esladi.

"O‘tgan mavsumda men qo‘rqib ketganimizni ko‘rmadim. Bu noxush tajriba, lekin hozir avvalgidek bo‘lmaydi. Biz 0:0 hisobi bilan boshlaymiz.

O‘tgan yili biz birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik, tanaffusdan so‘ng parchalanib ketganimizdan keyingina yiqitishdi. Bunday bo‘lmasligi kerak, lekin o‘sha paytda jamoa boshqacha edi, turli o‘yinchilar bor edi.

Biz buni e’tibordan chetda qoldirmaymiz, lekin biz boshidan oxirigacha yaxshi o‘ynay olishimizga ishonchimiz komil. Biz kurashishimiz kerak. Biz futbolchilarni g‘alabaga tayyorlaymiz.

O‘tgan yil - o‘tgan yil, bu o‘tmishda. Biz o‘zgartirishimiz mumkin bo‘lgan narsa kelajakdir. "Liverpul" albatta yaxshi o‘ynayapti, lekin oxirgi paytlarda bizda qiyinroq o‘yinlar bo‘ldi. Futbolchilarimiz bunday muhitga dosh bera olishlarini isbotlashdi va yakshanba kuni ularni yangi sinov kutmoqda.

Bizning g‘alabaga ishonchimiz komil, jangga tayyor jamoani maydonga tushiramiz", - dedi ten Xag.

Shu yilning mart oyida "Liverpul" o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 7:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 10:58, 16.12.2023.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик