Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

OCHL. Nimchorak finalda «Nasaf» va «Navbahor» o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin

OCHL. Nimchorak finalda «Nasaf» va «Navbahor» o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin

Baho:
+ | -

OFK Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun tashlanadigan qur’a tartibini tasdiqladi. Avval xabar berib o‘tganimizga nisbatan bitta o‘zgarish bo‘ldi.

"Nasaf" 1-o‘rinni egallagan klublar orasida eng yomon natijaga ega bo‘lgani uchun 2-savatga ajratilishi haqida aytib o‘tgandik. Ammo bunday qilinmaydigan bo‘ldi. Dastlab mini-qur’a yordamida 1-savatchadagi bir jamoa 2-savatga o‘tkaziladi (bu jamoa nomi oshkor qilinmasdan 2-savatga solinadi).

Shunday yo‘l bilan savatlardagi jamoalar soni tenglashtiriladi.

G‘arb mintaqasi

1-savat:
"Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"An-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ayn" (BAA)
"Nasaf" (O‘zbekiston)

2-savat:
"Navbahor" (O‘zbekiston)
"Sepohon" (Eron)
"Al-Fayha" (Saudiya Arabistoni)

Bir guruhdan chiqqan jamoalar bu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi ("Navbahor" "Al-Hilol"ga tushmaydi. Masalan, qur’ada "Navbahor" nomi tortilgandan keyin "Al-Hilol" klubi chiqib qolsa, "Hilol" keyingi jamoa raqibi sifatida qayd etiladi).

Bir mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

Nimchorak final bahslari G‘arb mintaqasida dastlabki uchrashuvlar 12-13 fevral, javob bahslari esa 19-20 fevral kunlari o‘tkaziladi. Sharqda esa o‘yinlar 13-14 fevral va 20-21 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bu musobaqa uchun oxirgi qur’a bo‘lib, keyingi bosqichdagi juftliklar ham oldindan belgilab qo‘yildi.

Chorak final juftliklari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

G‘arb mintaqasi (4-5 mart va 11-12 mart)
1-nimchorak final g‘olibi — 2-nimchorak final g‘olibi
3-nimchorak final g‘olibi — 4-nimchorak final g‘olibi

Sharq mintaqasi (5-6 mart va 12-13 mart)
5-nimchorak final g‘olibi — 6-nimchorak final g‘olibi
7-nimchorak final g‘olibi — 8-nimchorak final g‘olibi

Yarim final

G‘arb mintaqasi (16 aprel va 23 aprel)
1-CHF g‘olibi — 2-CHF g‘olibi

Sharq mintaqasi (17 aprel va 24 aprel)
3-CHF g‘olibi — 4-CHF g‘olibi

Final 2 o‘yindan iborat bo‘ladi. Ilk o‘yin Sharq mintaqasi g‘olibi maydonida (11 may), javob bahs G‘arb mintaqasi vakili stadionida o‘tkaziladi (25 may).

Manba: @futbol_qoidalar

Агар мини-қуръада "Насаф" 2-саватчага ўтиб қолмаса, Рўзиқул Бердиев жамоаси 1/8 финалда "Навбаҳор"га тўқнаш келиши мумкин.

Kiritildi: 10:30, 19.12.2023.
O'qildi: 7023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик