Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Superkompyuter "Chelsi" uchun najot yo‘lini aytdi: klub yanvar oyida uchta futbolchi sotib olishi kerak

Superkompyuter "Chelsi" uchun najot yo‘lini aytdi: klub yanvar oyida uchta futbolchi sotib olishi kerak

Baho:
+ | -

"Chelsi" rahbariyati yanvardagi transferlar oynasida nima qilish kerakligi haqida o‘ylamoqda. Ular yana yangi futbolchilar uchun pul sarflash yoki mablag‘ini tejash borasifa bir qarorga kelishi kerak.
Klub turnir jadvalida 10 o‘rinni egallab turibdi. Bu esa bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga bosim yuklaydi. Argentinalik mutaxassis intervyularidan birida jamoaga yana yangi futbolchilar kerak ekanini ta’kidlagan edi. Demak, Pochettinoga yozdagi jami 460 million funtlik Kaysedo, Laviya, Nkunku, Palmer, Jekson, Disasi hamda Ugochukvu xaridlari kamlik qilibdi. Umuman olganda, so‘nggi 18 oy ichida "Chelsi"ning xaridlari qiymati 1 milliarddan oshib ketdi. Biroq, bu yechim bo‘la olmadi. Shunday vaziyatda yana yangi transferlar nega kerak? Superkompyuter bergan javobga ko‘ra, Pochettino yana 3 ta futbolchi sotib olishi lozim. Bu orqali "Chelsi" yana kuchli oltilikka qaytib, mavsumning ikkinchi yarmini yaxshi o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Demak, quyida ularning kimligini bilib olasiz.

1. Sasha Boe, "Galatasaray" – 22 million funt

"Chelsi"ning kuchaytirishi kerak bo‘lgan dastlabki joyi bu o‘ng qanot himoyasidir. Jamoa sardori Ris Jeyms jarohat oldi. Uning o‘rniga Malo Gyustodan foydalanish mumkin. Ammo bu yetarli bo‘lmaydi. Sun’iy intellekt Pochettinoga "Galatasaray" yulduzi kerak ekanini ko‘rsatmoqda. Boe bu mavsumda YECHLdagi harakatlari bilan katta klublar nazariga tushdi. 23 yoshli himoyachi har ikki qanotda o‘ynay oladi va hujumni yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Uning maydonni ko‘rish va vaziyatlarni baholash qobiliyati o‘ta yuqori darajada. Shunday ekan, uni sotib olish faqatgina "Chelsi"ga foyda keltiradi. Qolaversa, Sasha Boening narxi londonliklar uchun o‘ta hamyonbop – 22 million funt.

2. Joau Nevish, "Benfika" – 105 million funt

Nevishni ko‘pchilik "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga qiyoslashadi. 19 yosh bo‘lishiga qaramay, Nevish allaqachon "Benfika" yuragiga aylanib ulgurgan. Ha, ayni damda umumiy narxi 222 million funt bo‘lgan Enso Fernandes va Moyses Kaysedolar "Chelsi" ixtiyorida bor. Biroq, tayanch hududiga yana bir futbolchi zarur. Bu futbolchi esa butun o‘yinni nazorat qilib, himoya va hujum orasida mustahkam bog‘lam hosil qila olishi kerak. Ana shunday nomzodlardan biri Nevishdir. Superkompyuter uning darajasini yuqori baholaydi. Negaki, u "Benfika"da ko‘plab o‘yin aspektlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Joau Nevish 105 millionga baholanmoqda. Jamoada allaqachon 100 milliondan ortiq mablag‘ evaziga olingan ikkita yarim himoyachi bor. Uchinchisi ham arzon-garovga kelmaydi.

3. Evan Fergyuson, "Brayton" – 100 million funt

"Chelsi" xuddi o‘tgan mavsumdagi kabi, hozir ham raqib darvozasi qarshisida muammolarga duch kelmoqda. Ya’ni, jamoada gol urish borasida muammolar bor. Shu sababli superkompyuter "Chelsi"ga yana bir hujumchi kerak ekanini bildirmoqda. "Aristokratlar" so‘nggi paytlarda "Brayton"ning eng yaxshi xaridoriga aylangan. Buni Mark Kukurelya va Moyses Kaysedo xaridlari orqali bilib olishimiz mumkin. Keyingi navbat hujumchiga. Evan Fergyuson 19 yoshda. Ammo allaqachon yetuk hujumchilar singari harakat qila oladi. Buni biz o‘tgan mavsumda ko‘rgandik. Ayni damda irlandiyalik futbolchi 100 million funtga baholanmoqda. Shu sababli, "Chelsi" bu borada jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Ammo aqlli xaridlar orqali Pochettino jamoasining ahvoli yaxshilanishiga shubhamiz yo‘q.

 

 

 

ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:54, 19.12.2023.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.