"Piterboro" klubida o‘ynayotgan himoyachi Ronni Edvards faoliyatini Angliya Premyer-ligasi klubida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi. Manbaning xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga uchta potensial xaridor bor.
Futbolchiga davogarlar orasida "Everton", shuningdek, Londonning "Tottenxem" va "Vest Xem" klublari bor.
Qayd etish joiz, “Piterboro” Angliyaning uchinchi kuchli divizionida o‘ynaydi. Joriy mavsumda Edvards 21 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.