Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Arteta "Arsenal"ni qanday qilib chempionlikka da’vogar klubga aylantirdi?

Arteta "Arsenal"ni qanday qilib chempionlikka da’vogar klubga aylantirdi?

Baho:
+ | -

Mikel Arteta ilk bor bundan to‘rt yil oldin, 20 dekabr kuni "Bornmut"ga qarshi o‘yinda jamoada rasman ish boshlagandi. U bo‘shatilgan Unai Emeri o‘rniga olib kelinadi. Shunday keyin 4 yil o‘tdi. Bu orada klub boshida qora kunlar ham bo‘ldi. Ikki yil ketma-ket to‘pchilar mavsumni 8 o‘rinda yakunlashga majbur bo‘ladi. Oxirida, baribir Arteta o‘z rejasini amalga oshira oldi. Buni o‘tgan mavsumda yaqqol guvohiga aylandik. Quyida buning asosiy besh sababiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Sakani akademiya a’zosidan global superyulduzga aylantirish

Arteta jamoaga kelganida Bukayo Saka 18 yosh edi. U oldinlari Unai Emeri tomonidan qanotlar himoyasida foydalanilgan. Ammo yosh futbolchi himoyada o‘zini ko‘rsatishga qiynaladi. Shu sabab,Arteta undan hujumda foydalana boshlaydi. 2021/22 yilgi mavsumga qadar Saka allaqachon hujumchiga aylanib ulgurgandi. Hozirda u butun dunyodagi eng yaxshi vingerlardan biri. Angliya terma jamoasi o‘yinlari esa uning ishtirokisiz o‘tmaydi. 2021 yildan beri Saka APLda 30 ta gol va 24 ta assist qayd etib, deyarli barcha o‘yinlarda qatnashib keldi. 22 yoshli yulduz Arteta bilan yuksalishda davom etmoqda.

Manmanlardan qutulish

Arteta jamoaga keliboq, birinchi to‘qnashgan narsasi bu toksik muhit edi. Ispaniyalik murabbiy kiyinish xonasidagi atmosferaning yaxshi emasligini bilgan. Buni keltirib chiqarayotgan futbolchilardan esa birin-ketin qutulish boshlanadi. Sokratis, David Luis, Mesut O‘zil va Obameyang kabi o‘zini o‘ta katta yulduz deb biladigan alter-egolarga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Shuningdek, Nikolya Pepe, Shkodran Mustafi va Matteo Genduzini ham shunday taqdir kutayotgandi. Ularning o‘rni esa yosh va mehnatdan qochmaydigan futbolchilar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borildi. Garchand rahbariyat qarshi bo‘lsada, Obameyangdan sardorlik bog‘ichini olib qo‘yish va uni jamoadan haydash, kerakli natijaga erishishda yordam berdi.

Transferlar oynasidan oqilona foydalanish

Arteta birinchi bor jamoaga qadam qo‘yganida tarkibda yetarlicha futbolchilar bo‘lmagan. Masalan, o‘sha "Bornmut"ga qarshi bahsda hatto zaxirada yaqqol hujumchi ham mavjud emasdi. Obameyang va Lyakazett asosiyda. Ularning o‘rnini bosuvchilar esa Pepe va 19 yoshli Smit-Rou edi. Boshqa pozisiyalarda ham ayni shu holat ko‘zga tashlangan. 2020 yilning yozida Arteta o‘z imzosini ko‘rsatuvchi xaridlar qilishni boshladi. Gabriel Magalaynsh va Tomas Parti olib kelindi. Oradan bir yil o‘tib esa Ben Uayt, Takexiro Tomiyasu, Aron Ramsdeyl hamda Martin Edegor sotib olindi. 2023 yilning yanvarigacha Arteta ixtiyorida hozirgi yulduzlar: Zinchenko, Jezus, Trossard va Jorjinyolar bor edi. Fantastik xarid bo‘lmish Deklan Rays esa shu yilning yozida sotib olindi. Hozirga kelib tarkibda 2019 yil o‘sha "Bornmut"ga qarshi bahsdagi futbolchilardan faqatgina uchta, u ham bo‘lsa, akademiyadan chiqqan Saka, Smit-Rou va Nelson qoldi xolos.

Oltin o‘rtaliqni topish

Artetaning ilk mavsumi yakunida jamoa jami 56 ta gol urgandi. Bu esa "MYU"dan 10 taga, "Liverpul"dan 29 taga, "Manchester Siti"dan esa 46 taga kam bo‘lgan. 2020/21 yilgi mavsum esa battarroq bo‘ldi. "Arsenal" butun boshli mavsumni yana 8 o‘rin va 55 ta gol bilan tugatadi. Masalan, hozir "Arsenal" 17 ta turda allaqachon 35 ta golga ega. Bu esa yorqin hujumchisi bo‘lmagan jamoa uchun fantastik natijadir. Bu jamoada gollar va assistlar ko‘pchilik tomonidan urilmoqda. 2021 yildan beri Martinellida 23 ta gol 13 ta assist, Edegorda 26 ta gol 13 ta assist, Nketiada 14 ta gol va 3 ta assist bor. Hatto, jarohatlarga moyil Jezus ham bir yarim yil ichida 14 ta gol va 8 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa Arteta jamoasi gol urishni yaxshigina o‘rganib olganidan dalolat beradi.

G‘alaba madaniyatini yaratish

To‘rt yil davomida "Arsenal"dagi futbolchilarning zehniyati butunlay o‘zgardi. Masalan, ko‘plar to‘pchilar safiga aynan Mikel Arteta va uning g‘oyalariga ishongan holda kelmoqda. Rays yaqindagina Arteta sababli futbolni boshqacha ko‘z bilan ko‘ra boshlaganini aytgandi. Jorjinyo va Jezus ham aynan Arteta sababli "Arsenal"ga kelgan. Hozir bu jamoa futbolchilari g‘alaba uchun nima qilish kerakligi yaxshi bilishadi. Ularning o‘rtacha yoshi 24.7 ga teng. Ammo butun dunyo bu yosh o‘yinchilardan APL va YECHL g‘olibligini kutmoqda. Bunday bo‘lishining esa me’mori – Arteta . Uning tinimsiz harakatlari sabab global miqyosda "Arsenal" muxlislari soni oshib bormoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

 

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 22.12.2023.
O'qildi: 1922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.