Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Superliga bosh direktori: «Ko‘plab klublar ommaviy «yo‘q» deyayotgan bo‘lsa-da, menga qo‘ng‘iroq qilib, biz tomondaligini ma’lum qildi»

Superliga bosh direktori: «Ko‘plab klublar ommaviy «yo‘q» deyayotgan bo‘lsa-da, menga qo‘ng‘iroq qilib, biz tomondaligini ma’lum qildi»

Baho:
+ | -

Yevropa Superligasi bosh direktori Bernd Reyxartning ta’kidlashicha, loyihani kutilganidan ko‘proq klublar qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Ko‘plab klublar darhol bayonot bilan chiqdi, ularda biz 70 yillik monopoliyaning uzun qo‘lini ko‘rdik. UYEFA klublarga bosim o‘tkazayotganiga shubha bilan qaraymizmi? Ozroq vaqt bering va biz klublarni ishontira olamiz. Biz Yevropaning eng yaxshi klublarini o‘z safimizga qo‘shib olamiz. Zamonaviy futbol monopoliyaga oshiq emas va unga bog‘lanib qolmaganiga kafolat beraman.

Men kecha ko‘plab klublar bilan gaplashdim, lekin hali muzokaralar olib borishga yoki biror narsa bo‘yicha kelishib olishga urinmadik. Muloqotning yangi davri boshlanmoqda. Endi Superligani tashkil etuvchi klublar bilan muloqotda bo‘lamiz. Bugun klublardan: “Men shu yerdaman” deyishlarini talab qilmaymiz. Shu bilan birga devor ham qurmoqchi emasmiz. Bo‘linishni emas, birlashishni xohlaymiz.

Bir qancha klublar Superligaga qo‘shilmasligini ma’lum qilib, bayonot berdi va darhol menga qo‘ng‘iroq qildi: “Biz ommaviy “yo‘q” deb javob beramiz, lekin siz bilan birgamiz”, deyishdi.

Dunyodagi eng yaxshi futbolni biz tekinga taqdim etmoqchimiz. Eng yaxshi futbol esa dunyo bo‘ylab milliardlab muxlislarni o‘ziga jalb qiladi.  

Asosiy moliyalashtirish reklamalar orqali bo‘ladi. Reklamalardan yiliga 3 milliard yevro ishlab topishga qurbimiz yetadi.

Superligada Saudiya Arabistonining pullari bo‘lmaydi. Hozirda Yevropa va AQSH investorlari bilan muzokaralar ketmoqda. Bu kafolatlangan.

Futbol umuman bepul bo‘ladi. Har doim. Faqatgina ashaddiy muxlislar uchun premium-a’zolik bo‘lishi mumkin", — dedi Superliga bosh direktori.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:28, 23.12.2023.
O'qildi: 1470 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик