Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Abdumalik Xalokov: «Endi bor e’tiborim faqat Olimpiadaning oltin medalida bo‘ladi»

Abdumalik Xalokov: «Endi bor e’tiborim faqat Olimpiadaning oltin medalida bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov uchun bu yil muvaffaqiyatli o‘tdi. Iqtidorli bokschimiz Toshkentda o‘tgan jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonish barobarida Parij-2024 Olimpiadasiga ham yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Bu natijalarning mantiqiy davomi sifatida u kuni kecha o‘tgan «Milliy sport mukofoti-2023» tanlovida «Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» deb topildi. Quyida bokschimiz bilan yil sarhisobi bo‘yicha tashkil qilgan kichik suhbatimizni e’tiboringizga havola qilamiz:

– Ortda qolayotgan yil nimasi bilan yodda qolmoqda?
– 2023 yil men uchun juda ham omadli o‘tdi. Toshkentda o‘tgan jahon chempionati, Osiyo o‘yinlarida oldimga qo‘ygan maqsadlarimni bajara oldim. Ushbu natijalarim evaziga «Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» deb topildim. Shubhasiz, bunday sermahsullikdan keyin yilni omadli keldi, deyish mumkin.

– 2018 yil «Yilning eng yaxshi yosh sportchisi» deb tan olingan edingiz. O‘shanda hali kattalar o‘rtasida ham eng yaxshi bo‘laman, degan maqsadni oldingizga qo‘ygan bo‘lsangiz kerak. Amalda bunga 5 yil vaqt ketdi. Endi reja qanday?
– Bularning barini murabbiylarim bilan qilayotgan mehnatlarimizning samarasi deb bilaman. Bu natijalar to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni ko‘rsatmoqda. Davlatimiz tomonidan biz uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgan ekan, bundan unumli foydalanishimiz kerak. Menimcha, shunday bo‘lmoqda. Kuni kecha qo‘lga kiritgan yutug‘im endi butun boks olamida ham eng yaxshi bo‘lishga motivasiya berdi. Albatta, buning uchun yanada ko‘proq mehnat qilishimiz talab etiladi.

– Kirib kelayotgan yangi 2024 yildan nimalar kutmoqdasiz?
– 2023 yildan ham muvaffaqiyatli o‘tishini. Shubhasiz, yangi Olimpiada yilida asosiy e’tibor Parij-2024 ga qaratiladi. Murabbiylar shtabi bilan rejamizga ko‘ra, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasigacha 1-2 ta turnirda qatnashib ko‘raman. Yil davomida bor e’tiborimiz, fikrimiz faqat Olimpiada oltin medali va bu yo‘lda tinimsiz mehnat qilish bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:18, 26.12.2023.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.