Kolumbiyalik futbolchi Xames Rodriges avvalroq Qatarda «Ar-Rayyan» klubida o‘ynagan. Futbolchi bu mamlakatda o‘zi uchun tushunarsiz bo‘lgan madaniyatga duch kelganini aytdi.
«Bilasizmi, futbolda hamma yalang‘och yuvinadi, lekin jamoadoshlarim menga: «Siz buni qilolmaysiz», degan.
Bu meni qo‘rqitdi», - deya Hamesning so‘zlarini keltiradi Daily Mail. Xames Rodriges, shuningdek, Qatarda qo‘l bilan ovqat yeyishlari unga yoqmasligini aytdi.