Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche - Lasio
22/12 01:00 Barselona - Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol

Ertaknamo yakun talabgorlari

Ertaknamo yakun talabgorlari

Baho:
+ | -

Yevropaning top-ligalarida sensasion tarzda chempionlikka da’vo qilayotgan jamoalar paydo bo‘ldi.

APLda «Aston Villa» favoritlar bilan yonma-yon odimlamoqda, Bundesliga va La Ligada «Bayer» va «Jirona» bosh ko‘tarishmoqda. Ularning hech bo‘lmaganda bittasi musobaqani g‘olib maqomida yakunlashi ehtimoli yuqori. Yangi asrda kutilmagan chempionlarga tez-tez guvoh bo‘lyapmiz. Keling, ularni yodga olib o‘taylik.

APL.

«Lester» - 2015/16 yillar mavsumi

Futbol tarixidagi eng yorqin ertaklardan biri. «Lester» bir marta ham shohsupani zabt etmagan, elitaga 2014 yilda qaytishga muvaffaq bo‘lgandi. APLdagi debyut mavsumining yakuniy bosqichida «tulkilar» 8ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, elitadagi o‘rinni saqlab qolishdi. 2015 yil yozida jamoaga omadsiz murabbiy laqabi bilan tanilgan Klaudio Ranyeri keldi. «Tulkilar»ning APLda g‘olib chiqishlariga ayrim bukmekerlar 5000 (!) koeffisiyent berishgandi. Biroq noshud murabbiy va futbolchilar uyg‘unligidan qudratli jamoa vujudga keldi. O‘shanda «tulkilar» sharafini Kasper Shmeyxel, Jeymi Vardi, Riyod Mahrez, N`Golo Kantelar himoya qilishgan va chempionlikni qo‘lga kiritishgan. Ha, o‘sha mavsum «MYU», «Chelsi» va «Liverpul» muammolarga duch kelishgan, faqat «Arsenal» va «Tottenxem» munosib qarshilik ko‘rsatishgandi. Biroq bu «tulkilar» mo‘’jizasi reytingiga putur yetkaza olmaydi. O‘shanda «Lester» so‘nggi 38 yil ichida ilk bor g‘olibga aylangan jamoa bo‘ldi. Undan avval «Nottingem Forest» 1978 yilda dastlabki chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

LA LIGA

«Valensiya» - 2001/02, 2003/04

Ispaniyada chempionlik unvonlarining asosiy qismi grandlar «Real» (35), «Barselona» (27) va «Atletiko» (11)ga tegishli. XXI asrda sovrinni ulardan tortib olishga faqat «Valensiya» muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga «ko‘rshapalaklar» Ektor Kuper rahbarligida, keyin Rafa Benites davrida zafar quchdilar. YECHLda jamoa finalgacha yetib bordi. Qizig‘i, shu 2ta chempionlik mavsumida «Valensiya» faqat so‘nggi turlarda (2002 yilda 34-, 2004 yilda 32-turdan keyin) peshqadamga aylangan va g‘olib chiqqandi. O‘sha tarkibda Santyago Kanisares, Amedeo Karboni, Pablo Aymar, Roberto Ayyala, Karlos Marchena, Mista, David Albelda, Visente va Maurisio Pellegrinolar yuksak saviyani namoyish etishgandi. «Ko‘rshapalaklar» shuningdek, 2004 yilda UYEFA Kubogi va Superkubogini ham qo‘lga kiritishgan.

«A» SERIYA

«Roma» - 2000/01

Asrlar almashuvi mavsumida Italiya chempionati hukm­ronligi Rim jamoalari qo‘lida edi. 1999|2000 yillar mavsumida «Lasio» chempion bo‘ldi, keyingi mavsumda esa uning azaliy raqibi shohsupani zabt etdi. O‘sha davrda bu jamoalarda o‘ta kuchli tarkib shakllangandi. Darvoqe, «bo‘rilar» «A» seriyaning yangi asrdagi dastlabki g‘olibi bo‘lishdi. Fabio Kapello boshqargan jamoada Gabriel Batistuta, Franchesko Totti, Vinchenso Montella va Marko Delvekkio kabi afsonalar to‘p surishgan. Darvozabon Franchesko Antonioli, himoyachilar Valter Samuel va Kafu, yarim himoyachilar Kristiano Zanetti va Damiano Tommazilar ulardan qolishmaslikka harakat qilishgandi. Zafarli mavsumda «Roma» 1-turdan boshlab yetakchilikni hech kimga bermadi. Yakunda Rim «Imperator»i Franchesko Totti tartanali tarzda xitob qilgandi: «Mening orzuim ro‘yobga chiqdi». O‘shanda 3-marta chempionlikni nishonlagan «bo‘rilar» hozircha shonli parvozni takrorlay olmayaptilar.

BUNDESLIGA

«Verder» - 2003/04

Bundesliga taxtini «Bavariya» xatlab olganiga ko‘pchilik ko‘nikib qolgan, uning kolleksiyasida 33ta oltin bor, eng yaqin ta’qibchisi - «Nyurnberg»da esa, atigi 9ta. Lekin grand ham vaqti-vaqti bilan xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Dortmundning «Borussiya»si top maqomida desak, «Verder»ning muvaffaqiyatini sensasiya deyish mumkin. Bremenliklar 4-marta «kumush tovoq» sohibi bo‘lishdi. Zafarli mavsumda «musiqachilar dirijyori» rolini bajargan Ailton 33ta o‘yinda 28ta gol urgan va Bundesliganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Shuningdek, Tim Borovski, Umit Davala, Ivan Klasnich, Angelos Xaristeas kabi afsonalar samarali to‘p surishgandi. Mavsum yakunida jamoa Germaniya Kubogi finalida «Alemaniya»ni 3:2 hisobida mahv etib, oltin dublga erishdi.

«Shtutgart» - 2006/07

2005|06 yillar mavsumini 9-pog‘onada yakunlagan jamoa bir yildan so‘ng chempion bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy Armin Fe chempion tarkibni shakllantirdi. «Bavariya» esa omadsizlikka uchrab, mavsumni 4-o‘rinda yakunladi. Yanvarda Feliks Magat o‘rnini egallagan Ottmar Xitsfeld boshqaruvida grand mavsumni sovrinlarsiz yakunlashga majbur bo‘ldi. «Shtutgart» grand o‘yinidagi pasayishdan unumli foydalandi. Lekin «Shalke» oxirgi turgacha jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Yakunda baribir, «Shtutgart» 2 ochkolik farq evaziga shohsupadan joy oldi.

«Volfsburg» - 2008/09

«Shtutgart» muvaffaqiyatidan keyin «Bavariya» sovrinni Myunxenga qaytargan bo‘lsada, «Volfsburg»ga duch keldi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi, deysizmi? O‘z tarixida 2-o‘rinni ham egallay olmagan «bo‘rilar» ilk bor mavsumni g‘olib maqomida yakunladilar. Taajjubki, «Bavariya»da ortiqcha bo‘lib qolgan Magatning qattiqqo‘lligi dadil to‘p surishga majbur etdi. Natijada jamoa 26-turdan keyin yuksak parvozni boshladi. Mavsumda 61ta gol urgan Edin Jeko (26) - Grafite (28) - Misimovich (7) uchligining sermahsul o‘yinlari g‘oliblikni ta’minladi. Garchi taxtni bo‘shatishni istamagan «Bavariya» ham faollashgan bo‘lsada, yangi chempiondan ikki «qadam»ga ortda qoldi.

LIGA 1

«Bordo» - 2008/09

Mazkur jamoaning «oltin» davri 80, yillarga to‘g‘ri keldi. O‘shanda u qatorasiga 3 marta chempionlikka erishgandi. Lekin yangi asrda boshqaruv Loran Blan izmiga o‘tgach, vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi. Afsonaviy himoyachi o‘zining murabbiylik sohasidagi debyut mavsumida «Bordo»ni raqobatbardosh jamoaga aylantirdi, ikkinchi mavsumda esa chempionlik cho‘qqisiga olib chiqdi. Shu tariqa jamoa «Lion»ning 7 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi. Shuningdek, «Bordo» 2008 va 2009 yillarda ikkita Fransiya Superkubogi va Liga Kubogi bilan sovrinlar kolleksiyasini boyitdi.

«Monpelye» - 2011/12

Gegemonlik roli «Lion»dan «PSJ»ga o‘tishi oralig‘ida chempion nomi har yili o‘zgarib turdi: «Bordo», «Lill», «Marsel» va ... «Monpelye». Bir yil avval Liga 1da paydo bo‘lgan jamoa keyingi mavsumni g‘olib maqomida yakunladi. «Lester» mo‘’jizasi maqomidagi sensasiya. «Monpelye» muvaffaqiyatining asosiy «aybdori» - Rene Jirar. 2009 yilda jamoani qabul qilgan murabbiy avval uni elitaga, keyin chempionlikka olib chiqdi. Jamoa a’zolari orasida esa, barchamiz uchun yaxshi tanish bo‘lgan Olivye Jiru alohida tahsinga loyiq. O‘sha mavsumda u o‘zining 21ta goli bilan Liga 1ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va chempionlikka salmoqli ulush qo‘shgandi.

«Monako» - 2016/17

XXI asrdagi dastlabki chempionlikka mongasklar «PSJ»ning 4 yillik hukmronligiga chek qo‘yish evaziga erishishdi. O‘shanda jamoa safida Fabinyo, Moutinyo, Falkao, Bernardu Silva kabi afsonalar, navqiron Mbappe to‘p surishgan, bosh murabbiy esa Leonardu Jardim edi. Mavsum yarmida yetakchiga aylangan «Monako» keyinchalik hech qaysi raqibini oldinga o‘tkazmadi va Parij grandidan 8 ochkoga uzoqlashgan holda marraga yetib keldi. Chempion tarkib o‘yinchilari grandlarga o‘tib ketishgach, jamoa bir marta kumush, ikki marta bronza medallarni qo‘lga kiritishdan ortig‘iga erisha olmadi.

«Lill» - 2010/11, 2020/21

Bu jamoa muntazam ravishda Liga 1 favoritlaridan biri bo‘lmagan. Lekin 2011 yilda jamoa 57 yillik oltin medallarsiz faoliyatga barham berdi. O‘shanda bir qator saviyali futbolchilar orasida Eden Azardek yosh iqtidor ham maydonga tushardi. Endi «Lill» aynan 8 ochkolik farq bilan chempionlik unvonini «Marsel»dan tortib oldi. 10 yildan ke­yin «doglar» Kristof Galtye rahbarligida klub tarixidagi 4-chempionlikni rasmiylashtirdilar.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:37, 31.12.2023.
O'qildi: 1515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.