"Manchester Yunayted" futbolchisi jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, rahbariyat yarim himoyachi Gannibal Mejbri haqida bir qarorga kelgani yo‘q.
Tunis terma jamoasi a’zosining o‘zi jamoada qolmoqchi. Ammo Erik ten Xagga u kerak emas. Shu sabab u o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi. 21 yoshli futbolchining amaldagi bitimi 2024 yilning yozida tugaydi.