Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Mavsum oxirida jamoasini tekinga tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa: ular jami 129 ta sovrin yutgan!

Mavsum oxirida jamoasini tekinga tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa: ular jami 129 ta sovrin yutgan!

Baho:
+ | -

Hozirda APL klublari saflarida ko‘plab arzon-garov futbolchilar mavjud. Ularning shartnomalari yozda tugaydi. Shu sababli istalgan jamoa ular bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega. Bu esa, o‘z navbatida klublarga, o‘sha yulduzlarni tekin qo‘lga kiritish imkonini beradi. "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Arsenal" va "Liverpul" kabi jamoalarning hammasida tez orada erkin agentga aylanishi kutilayotgan vakillar mavjud. O‘sha futbolchilarning umumiy sovrinlari miqdori esa naq 129 taga teng. Ha, ular tarixda shuncha sovringa ega chiqishgan. Quyida ularning eng yaxshilaridan tuzilgan ramziy terma jamoani bilib olasiz.

Darvoza sohasida erkin agentga aylanishi kutilayotgan posbonlardan Loris Kariusni tanlab oldik. "Nyukasl Yunayted" futbolchisi bundan 18 oy muqaddam "Liverpul"dan xarid qilingan edi. Ammo shu davr ichida nemis darvozaboni faqat bir martagina maydonga tushirildi xolos. Karius o‘rtamiyona klublar uchun yaxshi variant bo‘ladi.
O‘ng qanot himoyasiga "Arsenal" yulduzi Sedrik Suaresh joylashadi. 32 yoshli futbolchi bundan to‘rt yil ilgari "Sautgempton"dan sotib olingan edi. U bu mavsumda APLda hali maydonga tushgani yo‘q. Himoyaning boshqa qismiga "Bornmut" vakili Lloyd Kellini tanladik. Garchand u 25 yosh bo‘lsada, himoyachi tez orada erkin agentga aylanadi. Unga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirgan. Markaziy himoya uchun "Chelsi" futbolchisi Tiagu Silva tanlandi. 39 yoshli yulduz Braziliyaga qaytib ketishi kutilmoqda. Unga sherik sifatida Rafael Varan olindi. 30 yoshli himoyachi mavsum oxirida "MYU" bilan xayrlashishi aytilgan. U uchun saudiyaliklardan takliflar mavjud.

Yarim himoya uchun uchta o‘ta tajribali futbolchilar ramziy terma jamoaga tanlab olindi. Xususan, "Arsenal" juftligi Jorjinyo hamda Muhammad Elneni tez orada baxtini boshqa yerlardan qidirishlariga to‘g‘ri keladi. Xususan, Elneni Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga ketsa, Jorjinyo yana Italiyaga qaytadi. Uchinchi yarim himoyachi Tiagu Alkantara bo‘ladi. Ispaniyalik bu mavsumda hali biror marta "Liverpul" libosida ko‘rinish bergani yo‘q. 32 yoshli futbolchining faoliyati jarohatlar sababli to‘xtab qoldi. Ammo unga ham da’vogarlar albatta topiladi.

Hujum uchun ham o‘ta samarali va tajribali futbolchilar tanlab olindi.
"Fulxem"ning qariya vakillaridan biri Villian tez orada erkin agentga aylanadi. 35 yoshli vinger o‘z darajasida yaxshi harakat qilmoqda. Yana bir vinger bu Danni Uelbekdir. U "Brayton"da uzoq yillardan beri o‘ynab keladi. 33 yoshli hujumchi ko‘plab jamoalar uchun foydali bo‘la oladi. Negaki, u o‘tmishda "MYU" va "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Markaziy hujum pozisiyasi Antoni Marsyalga berildi. Fransuz futbolchisi 28 yoshga to‘ldi. Ammo hech qachon "MYU"da o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Albatta, hali uzoq yillik faoliyati Marsyalni kutib turibdi. Unga da’vogarlar ham yetarli bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:12, 05.01.2024.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.