Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi muzokara davom etmoqda

"Nyukasl" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi muzokara davom etmoqda

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni o‘z safiga qo‘shib olishda qat’iyatli.

Jurnalist Rudi Galetti ijtimoiy tarmoqlarda "Nyukasl" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi muzokaralar davom etayotgani haqida xabar berdi. "Nyukasl" Fillipsni mavsumning qolgan qismida ijaraga olmoqchi.

Qayd etilishicha, 28 yoshli Fillips haqiqatan ham "Nyukasl"ga ko‘chib o‘tmoqchi, ayniqsa Yevropa chempionati yaqinlashib kelayotganini hisobga olib.

Transfermarkt portali Kelvin Fillipsni 28 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda yarim himoyachi "Manchester Siti"da kam o‘ynadi.

Kiritildi: 21:59, 08.01.2024.
O'qildi: 1435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик