Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Anchelotti: "Ryudiger mukammal himoyachi"

Anchelotti: "Ryudiger mukammal himoyachi"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerning o‘yin sifatlari haqida gapirdi.

"Antonio boshi bilan yaxshi o‘ynay oladigan ehtiyotkor himoyachi. U juda ko‘p kuchli fazilatlarga va katta tajribaga ega. Pozisiya tanlash, xarakter, himoyada o‘ynashga individual yondashish - bularning barchasi uning deyarli hech qanday zaif tomonlari yo‘q himoyachi ekanligidan dalolat beradi", - dedi Anchelotti Football Espana bilan suhbatda.

Ryudiger 2022 yilning yozida erkin agent sifatida "Chelsi"dan "Real"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi madridliklar safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

30 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 21:11, 09.01.2024.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик