Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real» yulduzi: Mbappe kelsa, men ketaman

«Real» yulduzi: Mbappe kelsa, men ketaman

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolasa, jamoani tark etishi mumkin.

Avvalroq, "Real" Mbappe bilan transfer bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

"Agar Mbappe kelsa, u holda, albatta, kimdir "Real"ni tark etishi kerak, chunki klub pul topishi kerak. Biz Vinisius varianti haqida gapirayapmiz, chunki u tufayli "Real" ko‘p pul olishi mumkin", - deya jurnalist Eduardo Inda so‘zlarini keltirmoqda OK Diario.

Joriy mavsumda 25 yoshli Mbappe "PSJ" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning fransuz jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 180 million yevroga baholagan.

23 yoshli Vinisius Junior joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining "Los-Blankos" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:43, 10.01.2024.
O'qildi: 22434 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик