Markus Reshford "Manchester Yunayted" safida chempionatning ketma-ket ikki o‘yinida gol urdi.
Rasmus Xeylunddan uzatma qabul qilib olgan 26 yoshli hujumchi APL 21-turida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinning 40-daqiqasida jamoasini oldinga olib chiqdi (hozir hisob - 2:2).
30 dekabr kuni ingliz futbolchisi "Nottingem Forest" darvozasini ishg‘ol qilgandi (1:2).
Reshford oxirgi marta 2023 yilning fevralida Premyer-ligada ketma-ket ikkita o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.