Londonning "Chelsi" klubi ushbu transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Daily Express xabariga ko‘ra, "ko‘klar" "Sautgempton" qanot himoyachisi Kayl Uoker-Pitersga yana qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli himoyachining amaldagi klubi bilan shartnomasi bir yarim yildan so‘ng tugaydi, shuning uchun "avliyolar" rahbariyati futbolchini sotishi mumkin, chunki endi ingliz futbolchisi uchun yangi shartnoma imzolash uchun hech qanday shart yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt Uoker-Pitersni 20 million yevroga baholagan. "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi joriy mavsum Angliya ikkinchi divizionida ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.