Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Neymarning "PSJ"ga o‘tishi borasida tergov ishlari boshlandi

Neymarning "PSJ"ga o‘tishi borasida tergov ishlari boshlandi

Baho:
+ | -

Fransiya Moliya vazirligi braziliyalik hujumchi Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tishi bo‘yicha tergov doirasida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 15 yanvar, dushanba kuni Moliya vazirligida tintuv o‘tkazilgan bo‘lib, uni korrupsiya va soliq firibgarligiga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi polisiyasi xodimlari o‘tkazgan. Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari Neymarning 2017 yilda amalga oshirilgan "Barselona"dan "PSJ"ga transferini tekshirmoqda. Transfer soliq qonunchiligini chetlab o‘tish orqali amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Neymar 6 yilni "PSJ"da o‘tkazdi, o‘tgan yozda hujumchi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tdi. Parijliklar bilan birga braziliyalik futbolchi besh marta Fransiya chempionligini, uch martadan mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 14:21, 18.01.2024.
O'qildi: 3081 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.