Tojikiston terma jamoasi guruhda bitta ham gol urmasdan 2-o‘rinni egallashi mumkin.
Buning uchun Qatar terma jamoasi 3-turda Xitoyni kamida ikkita gol farqi bilan mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Tojikistonni esa Livanga qarshi o‘yinda 0:0 hisobidagi durang ham qoniqtiradi. Shunda Tojikiston terma jamoasi "A" guruhida quyidagi natija bilan 2-o‘rinni egallaydi:
- 0 gol;
- 2 ochko;
- to‘plar nisbati 0-1.