Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Hojimat Erkinov BAA klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Hojimat Erkinov BAA klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vahda" klubi safida davom ettirishga yaqin turibdi.

22 yoshli futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ulgurgan. Tomonlar yaqin kunlarda shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Huquqiy jihatdan Moskvaning "Torpedo" klubiga tegishli bo‘lgan Hojimat 2023 yilning ikkinchi yarmini ijara asosida "Paxtakor" safida o‘tkazgandi. Aslida ijara shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgandi, ammo moskvaliklar qishda uni o‘z saflariga qaytargandi.

Erkinovning "Torpedo" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Al-Vahda" o‘zbekistonlik futbolchining transferini sotib olishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida. Hojimat Erkinov Osiyo chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 1 assist muallifiga aylandi.

Erkinov RPL doirasida «Torpedo» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushgandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:00, 19.01.2024.
O'qildi: 4937 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик