Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Osiyo kubogi-2023. Qaysi yo‘ldan yurganimiz ma’qul?

Osiyo kubogi-2023. Qaysi yo‘ldan yurganimiz ma’qul?

Baho:
+ | -

Hindistonga qarshi o‘yindagi g‘alaba tufayli O‘zbekiston o‘z ochkolarini 4 taga yetkazib oldi hamda «B» guruhida kuchli uchlikda bo‘lishni kafolatladi. 24 jamoa ishtirok etayotgan turnirda, odatda, guruhda 4 ochko to‘plagan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Biz esa 3-o‘rin haqida zinhor o‘ylamasligimiz kerak. Boisi, «B» guruhida 3-o‘rinni egallagan jamoa nimchorak finalda «C» yoki «D» guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ko‘p ehtimol bilan bu — Eron yoki Yaponiya bo‘ladi. Buni Suriya ham tushunib turibdi. Ular so‘nggi turda O‘zbekistonning mag‘lubiyatini kutgan holda, Hindiston darvozasiga kamida 4 ta gol urishga harakat qilishadi. Bunga shubha yo‘q.

Biz guruhda 1 yoki 2-o‘rinni egallash haqida o‘ylaganimiz yaxshi. 23 yanvar kuni Avstraliyani mag‘lub etsak, guruh g‘olibi bo‘lamiz, durang esa bizga 2-o‘rinni kafolatlaydi.

Guruhdagi o‘rnimizga qarab pley-offda qaysi jamoa(lar)ga to‘qnash kelishimiz mumkinligini tahlil qilib ko‘ramiz.

A) Guruhda 1-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — "A", "S" yoki "D" guruhida 3-o‘rinni band etgan jamoalardan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Agar reyting asosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu — Livan, Falastin yoki Vyetnam bo‘lishi mumkin. O‘rtachadan sal pastroq jamoalar.

Chorak finalda esa 1/8 finalda "F" guruhida 1-o‘rin / "E" guruhi 2-o‘rin g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Bu, ko‘p ehtimol bilan Saudiya Arabistoni / Iordaniya bo‘ladi.

Yarim finalda esa katta ehtimol bilan Yaponiya raqibimiz bo‘ladi.

B) Guruhda 2-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — "F" guruhida 2-o‘rinni band etgan jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Katta ehtimol bilan, bu — O‘mon yoki Tailand bo‘ladi.

Chorak finalda esa Qatarga qarshi maydonga chiqish ehtimolimiz yuqori. Bu jamoa nimchorak finalda guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalardan biriga qarshi maydonga chiqadi.

Bu yo‘ldan yarim finalga ko‘p ehtimol bilan Janubiy Koreya yoki Eron chiqib keladi.

Manba: "Futbol qoidalari" telegram-kanali

Хўш, қайси вариант сизга маъқулроқ кўриняпти? А ёки B вариант?

Kiritildi: 16:29, 19.01.2024.
O'qildi: 9927 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик