Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ilhom Abdug‘aniyev: «Andijon» futbolchilarida ishtiyoq juda baland»

Ilhom Abdug‘aniyev: «Andijon» futbolchilarida ishtiyoq juda baland»

Baho:
+ | -

Oldin xabar berganimizdek, «Andijon»ning Tojikistondagi yig‘ini yakunlandi. «Burgutlar» oldindan ishlab chiqqan rejasiga binoan yangi mavsum uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, jamoa a’zolari ikkita mamlakatda tayorgarlik jarayonlarini olib borishyapti. Avvaliga Tojikiston bo‘lsa, endi Turkiyada yig‘inning ikkinchi bosqichi olib boriladi. Buning uchun klub rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar muhayyo qilinyapti.

O‘tgan yilgi tarkibning o‘zagi saqlanib qolingan. Bu esa juda muhim. 2023 yilgi mavsumda o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni quvontira olgan yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniyev ham joriy yilgi chempionatga ko‘tarinkilik ruhi ostida tayyorlanmoqda. Chunki u ishqibozlarning jamoadan umidi katta ekanligini yaxshi sezib turibdi.

Abdug‘aniyevni yangi mavsumda yanada porlashi kutilmoqda. Buni uning o‘zi ham niyat qilgan va maqsadi jiddiy. Futbolchi Tojikistondagi dastlabki yig‘inda jamoadoshlari kabi o‘z ustida jiddiy ishladi va bu borada shunday dedi:

«Avvalambor, bizni kuzatib kelayotgan muxlislarimizga alangali salom. Tojikistonda olib borgan yig‘inimizga kelsak, barchasi ko‘ngildagidek o‘tdi va foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman. Barchamiz mas’uliyatni to‘liq his qilgan holda jiddiy ishladik. Murabbiylar o‘zlari xohlagan sharoitda mashg‘ulotlar olib bordik. Ayniqsa, jismonan, texnik va taktik tomonlama ham yaxshigina tayyorlandik».

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, futbolchilardagi kayfiyat hamda ishtiyoq ham muhim sanaladi. Bu borada «Andijon» o‘yinchilarida barchasi a’lo darajada. Abdug‘aniyev aynan ishtiyoq masalasida quyidagilarni aytdi:

«Futbolchilarda ishtiyoq juda baland. Har bir mashg‘ulotda hamma bor kuchi bilan mehnat qildi. Jamoamizga yangi qo‘shilgan iqtidorli yosh o‘yinchilar ham juda yaxshi darajada kirishib ketishdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hammada yuqori. Shuni aniq ayta olamanki, o‘tgan yilgi ko‘rsatgan natijamizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz».

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yangi mavsumdan ham ishqibozlarning sevimli jamoasidan umidi katta, bu turgan gap. «Burgutlar» va shu jumladan Abdug‘aniyev ham o‘z kuchini ko‘rsata olishiga ishonamiz.

«Yangi mavsumdan ko‘p narsalarni kutyapman. Jamoamizni bu yil yubiley 60 yilligi va biz futbolchilar qo‘ldan kelganicha yuqori o‘rinni egallab muxlislarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz. Umumiy qilib aytganda, bizni jamoa juda ajoyib. Ahil va inoq. Nasib qilsa, bu yil yuqori o‘rinlarga kurasha olamiz», – deya qo‘shimcha qildi Ilhom.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:48, 22.01.2024.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.