Kecha, 26 yanvar kuni “Manchester Siti” Angliya kubogi 1/16 finalida “Tottenxem”ni mag‘lub etdi. “Tottenxem” stadionida kechgan uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, “shaharliklar” beshta o‘yinda ilk bor safarda “shporlar” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu paytgacha manchesterliklar barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandi - 0:1, 0:2, 0:2, 0:1 va 0:1.
Himoyachi Natan Ake 88-daqiqada g‘alaba golini kiritdi. Burchak to‘pidan so‘ng 28 yoshli niderandiyalik to‘p uchun havoda muvaffaqiyatli kurashdi va uni darvozaga yo‘lladi.