"Espanyol" hujumchisi Martin Breytueyt Angliya premyer-ligasiga o‘tishi mumkin.
Daily Express xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ga "Barselona"ning 32 yoshli sobiq hujumchisi Breytueytning xizmatlari taklif qilingan, u hozirda Ispaniya ikkinchi ligasida "Espanyol" safida o‘ynaydi.
Mumkin bo‘lgan transfer tafsilotlari oshkor etilmagan. Joriy mavsumda Breytueyt barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini uch yarim million yevroga baholamoqda.