Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Fiorentina" JCH g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Fiorentina" JCH g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Fiorentina" "Atlanta Yunayted" va Argentinaning hujumkor yarim himoyachisi Tyago Almada bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "binafsharanglilar" vakillari allaqachon Amerika klubi bilan bog‘lanib, 22 yoshli futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. "Atlanta" hujumkor futbolchisi uchun taxminan 25 million yevro so‘radi, biroq "Fiorentina" hali bunday mablag‘dan voz kechishga tayyor emas. Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi A Seriyaga o‘tishga qiziqmoqda.

Almada 2022 yildan beri "Atlanta Yunayted"da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining Amerika klubi bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 27 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 15:16, 30.01.2024.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик