Londonning "Chelsi" klubi muxlislari jamoaning sobiq egasi Roman Abramovichni sog‘inib qolishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Angliya Premyer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Chelsi” – “Vulverxempton” uchrashuvidan muxlislar videolari tarqaldi. "Ko‘klar" muxlislari London klubining sobiq xo‘jayini Roman Abramovich nomini aytib hayqirishdi.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasidagi o‘yinda “Chelsi” va “Vulverxempton” jamoalari to‘qnash kelishdi. “Ko‘klar” raqiblariga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.