Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Osiyo kubogi-2023. Ilgiz Tantashev finalni boshqaradimi?

Osiyo kubogi-2023. Ilgiz Tantashev finalni boshqaradimi?

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi yarim final o‘yinlariga tayinlangan hakamlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan Iordaniya - Saudiya Arabistoni o‘yinida BAAdan tashrif buyurgan hakamlar ishlaydi. Bosh hakam — Muhammad Abdulla Hasan. Xitoy referilar zaxira hakami vazifasida ishlasa, VARda BAA va Yaponiya vakili o‘tiradi.

Ertaga o‘tkaziladigan Eron - Qatar o‘yiniga kuvaytlik bosh hakam Ahmad al-Aliy tayinlangan. Shuningdek, o‘yin davomida Malayziya, Yaponiya, Xitoy, Tailand va Xitoy vakillari turli vazifalarni bajarishadi.

Ochig‘i, ayni paytda Qatardagi turnirda qaysi hakamlar qolgani va qaysi hakamlar ortga qaytarib yuborilganidan xabarim yo‘q. Ko‘p ehtimol bilan jamoasi yarim finalgacha yetib kelgan mamlakat hakamlariga "ruxsat" berib yuborilgan.

Shunchaki taxmin qilaman, Ilgiz Tantashev boshchiligadagi o‘zbekistonlik hakamlar FINAL o‘yinini boshqarishadi.

Bosh hakam — Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)
Yordamchi hakamlar — Timur Gaynullin (O‘zbekiston) va Andrey Sapenko (O‘zbekiston)

Odatda, mezbon jamoa finalga chiqmasa, ushbu yurt hakami finalda zaxira referisi vazifasini bajaradi.

Tantashev Osiyo kubogi-2023ning 3 ta o‘yinida bosh hakam, yana 3 ta bahsida zaxira hakami vazifasini bajardi. Xususan, hakamlarimiz nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya o‘rtasidagi markaziy o‘yinni boshqarib borishdi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 16:27, 06.02.2024.
O'qildi: 6434 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.