Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ishlatilgan, yaroqsiz tennis to‘plari turnirdan keyin qayerga ketadi?

Ishlatilgan, yaroqsiz tennis to‘plari turnirdan keyin qayerga ketadi?

Baho:
+ | -

Tennis musobaqalarida minglab to‘plardan foydalaniladi — chunki ular o‘yin davomida doimiy ravishda sportchilar qiyinchiliksiz foydalanishi uchun almashtirib turiladi. To‘pning holati o‘yin sifatiga ham ta’sir qiladi.

Kichikroq turnirni o‘tkazish uchun 5000 ga yaqin to‘p kerak bo‘lsa, Uimbldon turnirini o‘tkazish uchun tashkilotchilar yiliga 55 mingga yaqin, US Open’da esa 70 mingga yaqin to‘plardan foydalanadi.

Tabiiyki, savol tug‘iladi: turnirlardan keyin to‘plar bilan nima sodir bo‘ladi?

Tennis to‘plari atrof-muhit uchun katta muammo. Yuqori darajadagi turnirlar uchun faqat qayta ishlanmagan kauchukdan tayyorlangan to‘plargina mos keladi, chunki ular yanada mustahkam va bardoshlidir. Bu esa ko‘p yangi kauchuklar iste’molini talab qiladi va aynan tennis koptoklari ishlab chiqarish, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Amazon o‘rmonlarini yo‘q qilinishining sabablaridan biri.

Bundan tashqari, to‘plarni qayta ishlash juda qiyin. Ular uchta elementdan - kauchuk, yelim va lintdan iborat va bu elementlarni bir biridan ajratish juda qiyin.

Qiyinchiliklarga qaramay tennis to‘pini qayta ishlash dasturlari hali ham mavjud. Misol uchun, Fransiyada tennis federasiyasi 2008 yilda shunday faoliyat bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ygan. Shunday qilib, ular 17 millionga yaqin to‘pdan bir muncha foydalanishni o‘ylagan.

To‘plar puflash texnologiyasidan foydalangan holda qayta ishlanadi — to‘plar maydalanadi, so‘ngra kauchuk va paxmoq havo yordamida ajratiladi. Shundan so‘ng, kauchuk eritiladi va sport maydonchalari uchun qoplamalar tayyorlanadi.

Shunga o‘xshash dastur bir necha yil oldin Qo‘shma Shtatlarda paydo bo‘lgan. Amerikada qayta ishlangan kauchuk, boshqa narsalar qatori, yangi tennis kortlarini qurishda ham qo‘llaniladi.

O‘yinlarda to‘plar bilan ikki hodisa “sodir bo‘ladi”

Birinchidan, ularning tishlari eskiradi. Ular juda yumshoq bo‘lib qoladilar va bu narsa to‘pni havoda tez harakatmasligiga olib keladi. Ikkinchidan, ularning ichidagi havo kamayadi- bu ularni yaroqsiz holatga kelishiga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun, professional o‘yinlarda ular dastlabki yetti o‘yinda, keyinchalik esa har to‘qqizta o‘yinda o‘zgartiriladi. Bunday ishlatilgan to‘plar quyiroq musobaqadagi o‘yinchilar uchun mos bo‘lishi mumkin. Kichik turnirlar ko‘pincha tennis klublarida o‘tkaziladi va musobaqadan keyin klub ishlatilgan to‘plarni olib ketadi va ularni bolalarga o‘rgatadigan guruhlarga yuboradi.

Eskirgan to‘plar boshqa maqsadlar uchun ham ishlatiladi Uimbldon turnirida ular esdalik sovg‘alari sifatida sotiladi va undan tushgan daromad xayriyaga o‘tkaziladi.

Ba’zan ular turli tashkilotlarga sovg‘a qilinadi. Masalan, Uimbldon tashkilotchilari ularni hayvonlar huquqlari faollariga yuboradi, ular sichqonlar yirtqichlardan xavfsiz tarzda uya qurishlari uchun teshiklar ochib, ustunlarga osib qo‘yishadi.

Ba’zi turnirlar ishlatilgan to‘plarning bir qismini o‘yinchoq sifatida maxsus itlar boshpanalariga yuboradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:40, 14.02.2024.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик