Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

Mbappe «Real»ga o‘tsa, qaysi pozisiyada o‘ynaydi?

Mbappe «Real»ga o‘tsa, qaysi pozisiyada o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

Mbappe «Real»ga nega kerakligini hozircha tushunmayman.

Markazda o‘ynolmaydi, aniq, markaziy hujumchi to‘psiz sabr qilishni bilishi kerak, Mbappe unaqa emas, u doim voqea markazida bo‘lishni, har hujumda ishtirok etishni yoqtiradi. U uchun optimal pozisiya - Vinisiusning o‘rni.

Vinisius Mbappega o‘xshab ketadi, ammo uning o‘ng qanotda qanaqa o‘ynashini tasavvur qilolmayman. Mbappe o‘ngda o‘ynashi mumkin, ammo erkin rolda, istagan paytda markazga o‘tish sharti bilan - Neymar bilan birga o‘ynagani singari.

Katta ehtimol Rodrigo pand yeydi, chunki, Mbappe - Vini - Rodrigoga maydonning uchinchi qismi torlik qiladi. Agar Bellingemga ham u yer yoqishini inobatga olsak, dahshat.

Shuning uchun ham, menimcha, Anchelotti bilan shartnoma uzaytirildi. Peres Mbappe haqida avvaldan bilgan. Undan boshqasi bu tarkibda Mbappega joy topib berolmaydi. Anchelotti eplaydi, aniq, ko‘ramiz, faqat hozircha qanaqa qilib ekanini biz bilmaymiz. Hech kim bilmaydi.

Ronaldu 2016 yillarda, ya’ni tezligi kamayib, biroz oldingi ustunliklari pasayganda, yaqqol hujumchi emas, Benzema bilan tandemda o‘ynay boshlagan. Benzema o‘zini qurbon qilgan ham.

Mbappe hozir gurkiragan yoshda. Vinisius ham. Ayni paytda ikkoviyam o‘ynashi kerak. Bilmadim, deyapmanku :).

PSJ bundanam kuchli edi. Bu tarkib Ispaniyada qirol bo‘lishi mumkin, ammo pressing qila oladigan har qanday jamoaga yutqazadi.

Peres bir xatoni ikkinchi marta qilmoqda, manimcha. 2003 yilda oxirgi besh yilda uchta YECHL yutgan jamoani Bekhem va Makelele rokirovkasi bilan buzib qo‘ygan, shu bilan «Real» o‘n yil turnir yarimfinalini ko‘rmadi.

Hozir ham Mbappeni olib kelish futboldan ko‘ra, prinsipga o‘xshaydi. Agar oqibatda Mbappe "Liverpul" yoki "Barselona"ga o‘tsa, Peres o‘zini kechirmaydi. Ikki yil oldin Vinisius bunaqa o‘ynashni boshlamagandi, Bellingem yo‘q edi. Bilmadim, Anchelottiga oson bo‘lmaydi, xullas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 09:10, 17.02.2024.
O'qildi: 7530 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.